Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 240-sonli umumta'lim maktabining 11-“B” sinf o'quvchisi Farhod Ravshanbekov imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, bir yo'la dunyoning nufuzli beshta unversitetiga muddatidan avval o'qishga kirish imkonini qo'lga kiritdi. Farhod 7 ball jamg'arib, IELTS sertifikatiga ega bo'ldi.
Jumladan, endi bitiruvchi Farhod Ravshanbekov The University of Arizona, Stetson University, The University of Soufh Florida, Franklin University in Switzerland, Lynn University kabi xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan birida o'qishi mumkin.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati