Joriy yilning 25 sentyabr kuni 240-sonli umumta'lim maktabida "Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni O‘zbekiston Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Xolmuminov F.A va Toshkent davlat xavfsizlik xizmati boshqarma xodimi Avazov Sh.I lar 10-11 sinf o‘quvchilariga "Jaholatga qarshi - ma'rifat" mavzusida ma'ruza qildilar. Tadbir so‘ngida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning murojaati bilan boshlangan "Tinchlik qadri" filmi namoyish etildi.