Bugun maktabimizda yuqori sinf o'quvchilari bilan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi profilaktika inspektori leytenant A.Ibodullaev, meyoriy-texnik bo‘linmasi boshlig'i katta leytenant S.Urazimbetov, Fuqaro muhofazasi instituti kafedra professori dotsent N.Nazarova, katta o'qituvchi X.Azimov, D.Tajibayeva, M.Tinibekovlar ishtirokida "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi tadbirlari profilaktikasi" mavzusida davra suhbati va seminar treningi o‘tkazildi.