2022 yil 22 iyun kuni maktabimizning 11- sinf 112 nafar bitiruvchilariga shahodatnomalarni topshirish tadbiri bo‘lib o`tdi. Jami bitiruvchilardan 6 nafari maktabni imtiyozli tamomladilar. Maktab ma’muriyati tomonidan maktab bitiruvchilariga kelgusida o`qishlariga omad, mustaqil hayotda o`z o`rnini topib, mustahkam yetuk va komil inson bo‘lib yetishishlarida zafarlar tilab qoldilar.