Yunusobod tumani 240-maktabda bugun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda YUTXTB Bosh iqtisodchisi G.M.Joxongirova, Toshkent shahar deputatlar kengashi deputati R.A. Fozilov, Toshkent shahar prokuraturasi vakili B.A.Abdusattorov, "Bog‘ishamol" va " Bog‘i Eram" MFY raislari U.Salimova, F.Sultonovlar ishtirok etdilar. Tadbirni maktab rahbari Maxamedova Nodira Fayzullaevna ochib berdilar. Tadbirni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarimiz o‘zlarining she'rlari bilan boshlab berishdi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bitiruvchilarimizga boshlanayotgan hayot yo‘llarida omadlar tilashdi.Bituvchilar sinf rahbarlariga bergan bilimlari uchun minnatdorchilik izhor etishdi.Tadbir davomida maktabda o‘zining tarbiyasi,bilimi ,odobi bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘quvchilarga faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari topshirildi. Shunday o‘quvchilarni o'qitgan o‘qituvchilarga ham estalik sovg‘alari topshirildi.