Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-декабрь 2025, 22:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Uch avlod uchrashdi


Yunusobod tumanidagi 240-maktab faollar zalida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir "Nuroniy" kengashi va tuman madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda tuman buvijonlar maktabi rahbari Z.Xamidova, mehnat faxriylari O.Nishonaliyeva va M.Qilicheva, afg‘on urushi qatnashchisi A.Zununov, mahalla raislari va maktab o‘qituvchi-o‘quvchilari qatnashdi.
Tadbir yoshlar ma’naviy dunyoqarashini boyitish, vatanparvarlikka undash va avlodlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Nuroniylar hayot tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni vatanparvarlikka chaqirishdi.
Yoshlar esa sport, fan va san’atdagi yutuqlari haqida so‘zlab, tengdoshlarini ezgu maqsadlarga intilishga da’vat etishdi.Tadbir konsert dasturi bilan yakunlanib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik,milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.